
Prezidentimiz taşabbusi bilan boşlangan "Yaşil makon" umummilliy loyihasi tobora keng quloç yoymoqda. Bu SamDU Kattaqörğon filialida ham har tomonlama qöllab-quvvatlanib kelinmoqda. Bugun, 2024-yil 27-noyabr kuni filialimiz talaba-yoşlari hamda professor-öqituvçilari taşabbusi bilan loyiha doirasida yana bir ezgu taşabbusga qöl urildi.
"Samarqand suv taʼminoti" MÇJ Kattaqörğon şahar bölimiga qaraşli Körpa suv inşootining böş turgan yer maydonida SamDU Kattaqörğon filialining "Botanika boği" taşkil qilindi.
"Yaşil makon" loyihasi doirasida taşkil qilingan boğda Aniq va tabiiy fanlar fakulteti professor-öqituvçilari, talabalar, fakultet tyutorlari taşabbus körsatib, 550 tup mevali daraxt köçatlari ötqazişdi.
Taşabbusni filial direktori Şerzod Urakov hamda fakultet dekani Suxrob Rajabov boşlab berdi.