Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

BAG‘RIKENGLIK VA TOTUVLIK – BIZNING UMUMIY UYIMIZ

BAG‘RIKENGLIK VA TOTUVLIK – BIZNING UMUMIY UYIMIZ

04.11.2025 soat 15:43SeminarlarMatbuot301 daqiqada o'qiladi

Millatlararo totuvlik va birdamlikni mustahkamlash, yoshlar ongida bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat qadriyatlarini targ‘ib etish maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talabalar ishtirokida “Bizning umumiy uyimiz” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar Oqila ayollar kengashi yetakchisi Nazokat Ikramovna hamda Aniq va tabiiy fanlar fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Rayxona Nurkosimova ma’ruza qildilar.
Uchrashuv davomida millatlararo totuvlik, oila va jamiyatda birdamlikni ta’minlash, yoshlarni do‘stlik va hamjihatlik ruhida tarbiyalashning ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda yaratilayotgan tinchlik, totuvlik va bag‘rikenglik muhitining mustahkamlanishida har bir fuqaroning mas’uliyati alohida ta’kidlandi.

Qo'shimcha rasmlar5

Ulashish: