Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

YOSH RASSOMLAR IJODIDA KATTAQO‘RG‘ONNING NON VA SHIRINLIKLARI AKS ETDI

YOSH RASSOMLAR IJODIDA KATTAQO‘RG‘ONNING NON VA SHIRINLIKLARI AKS ETDI

04.11.2025 soat 11:21Davra suhbatlariMatbuot341 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi tashabbusi bilan Kattaqo‘rg‘on non va shirinliklari mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi. Tanlovda yosh rassomlar o‘z ijodiy ishlari orqali Kattaqo‘rg‘on shahrining o‘ziga xos non va shirinliklarini badiiy talqinda ifodaladilar.
Tadbirda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, o‘quvchilar bilan samimiy suhbatlashdilar hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimida qatnashdilar.
Natijalarga ko‘ra, eng yaxshi deb topilgan ijodkor o‘quvchilar quyidagicha taqdirlandilar:
1-o‘rin – 14-maktab o‘quvchisi Bobur Mamadaliev
2-o‘rin – 2-maktab o‘quvchisi A’zamjon Ravshanov
3-o‘rin – 6-maktab o‘quvchisi Samir Sattarov
Mazkur tanlov yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni e’zozlash hamda Kattaqo‘rg‘on shahrining betakror an’analarini targ‘ib etishga xizmat qildi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish: