Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

PEDAGOGIKA FAKULTETI RAHBARIYATI TALABALAR TURAR JOYLARIDA MONITORING O‘TKAZDI

PEDAGOGIKA FAKULTETI RAHBARIYATI TALABALAR TURAR JOYLARIDA MONITORING O‘TKAZDI

06.11.2025 soat 11:39SeminarlarMatbuot351 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti rahbariyati tomonidan talabalar turar joylarida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O'rganish jarayonda fakultet dekani A.I.Saidov, yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.A.Xolmurodov, shuningdek kafedra mudirlari T.Eshquvvatov hamda S.Igamovlar 1-son va 2-son Talabalar turar joylarida bo‘lishdi.
Ular talabalarning yashash sharoitlari, mavjud muammolari, turar joylarda yaratilgan imkoniyatlar, kitob o‘qish va sport bilan shug‘ullanishlari, shuningdek kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganishdi.
O‘rganish jarayonida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, isitish tizimi, sanitariya-gigiyena holati, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi hamda TTJlarda tartib-intizom masalalari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Rahbariyat tomonidan tegishli tavsiyalar berildi va talabalar uchun yanada qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha topshiriqlar belgilab olindi.

Qo'shimcha rasmlar5

Ulashish: