
Kattaqörğon davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti rahbariyati tomonidan talabalar turar joylarida örganiş işlari amalga oşirildi.
Örganiş jarayonda fakultet dekani A.I.Saidov, yoşlar bilan işlaş va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça dekan örinbosari M.A.Xolmurodov, şuningdek kafedra mudirlari T.Eşquvvatov hamda S.Igamovlar 1-son va 2-son Talabalar turar joylarida bölişdi.
Ular talabalarning yaşaş şaroitlari, mavjud muammolari, turar joylarda yaratilgan imkoniyatlar, kitob öqiş va sport bilan şuğullanişlari, şuningdek kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holatini örganişdi.
Örganiş jarayonida talabalar uçun yaratilgan şart-şaroitlar, isitiş tizimi, sanitariya-gigiyena holati, xavfsizlik qoidalariga rioya etilişi hamda TTJlarda tartib-intizom masalalari atrofliça közdan keçirildi. Rahbariyat tomonidan tegişli tavsiyalar berildi va talabalar uçun yanada qulay şart-şaroit yaratiş böyiça topşiriqlar belgilab olindi.