Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

APREL — TA'LIM SIFATI VA SAMARADORLIGI OYLIGI!

APREL — TA'LIM SIFATI VA SAMARADORLIGI OYLIGI!

01.04.2025 soat 15:57YangiliklarMatbuot411 daqiqada o'qiladi

SamDU Kattaqo'rg'on filiali direktorining tegishli buyrug'iga muvofiq 2025-yilning aprel oyi — Ta'lim sifati va samaradorligi oyligi etib belgilandi!

Oylik davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi:
- talabalar va o‘qituvchilar ishtirokida “Akademik muvaffaqiyat uchun zamonaviy texnologiyalar” seminar-treningi;
- talabalar o‘rtasida “Eng yaxshi ilmiy maqola”, “Eng yaxshi mustaqil ta’lim ishi”, “Eng innovatsion loyiha” tanlovlari;
- professor-o‘qituvchilar o‘rtasida “Eng yaxshi interaktiv dars”, “Eng yaxshi video kontent”, “Eng yaxshi taqdimot” bo‘yicha tanlov o'tkaziladi.

Shuningdek, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, pedagogik-psixologik bilimlarini takomillashtirish, dars jarayonlarini tashkil etishning pedagogik qonuniyat va mexanizmlari hamda o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanish yo‘llari bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etiladi!

Ulashish: