
SamDU Kattaqörğon filiali direktorining tegişli buyruğiga muvofiq 2025-yilning aprel oyi — Taʼlim sifati va samaradorligi oyligi etib belgilandi!
Oylik davomida quyidagi tadbirlar taşkil etiladi:
- talabalar va öqituvçilar iştirokida “Akademik muvaffaqiyat uçun zamonaviy texnologiyalar” seminar-treningi;
- talabalar örtasida “Eng yaxşi ilmiy maqola”, “Eng yaxşi mustaqil taʼlim işi”, “Eng innovatsion loyiha” tanlovlari;
- professor-öqituvçilar örtasida “Eng yaxşi interaktiv dars”, “Eng yaxşi video kontent”, “Eng yaxşi taqdimot” böyiça tanlov ötkaziladi.
Şuningdek, professor-öqituvçilarning pedagogik mahoratini oşiriş, pedagogik-psixologik bilimlarini takomillaştiriş, dars jarayonlarini taşkil etişning pedagogik qonuniyat va mexanizmlari hamda öqitişning zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalaniş yöllari böyiça seminar-treninglar taşkil etiladi!