Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

GIYOHVANDLIKNING OLDINI OLISHGA QARATILGAN MUROJAAT MUHOKAMA QILINDI

GIYOHVANDLIKNING OLDINI OLISHGA QARATILGAN MUROJAAT MUHOKAMA QILINDI

21.11.2025 soat 14:48Davra suhbatlariMatbuot361 daqiqada o'qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-sonli Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari uchun yoshlar, ota-onalar hamda pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqiruvchi qo‘shma murojaat o‘qib eshittirildi.
Mazkur murojaatni fakultet dekan o‘rinbosari B.Yuldashov talabalarga o‘qib eshittirdi hamda unda giyohvandlikka qarshi kurashning ahamiyati, uning oqibatlari va profilaktika choralari yuzasidan keng muhokama olib borildi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ishtirok etib, giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy ta’sirlari bo‘yicha bilim va tushunchalarini yanada mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.

Qo'shimcha rasmlar5

Ulashish: