
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlar töğrisida”gi PF-207-sonli Farmonining ijrosini taʼminlaş maqsadida Kattaqörğon davlat pedagogika institutida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari uçun yoşlar, ota-onalar hamda pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka çaqiruvçi qöşma murojaat öqib eşittirildi.
Mazkur murojaatni fakultet dekan örinbosari B.Yuldaşov talabalarga öqib eşittirdi hamda unda giyohvandlikka qarşi kuraşning ahamiyati, uning oqibatlari va profilaktika çoralari yuzasidan keng muhokama olib borildi.
Tadbir davomida talabalar özlarini qiziqtirgan savollar bilan iştirok etib, giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy taʼsirlari böyiça bilim va tuşunçalarini yanada mustahkamlaş imkoniga ega böldilar.