Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Xalqaro psixologlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Xalqaro psixologlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

24.11.2025 soat 11:02Davra suhbatlariMatbuot25

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasining 1- va 2-kurs psixologiya yo‘nalishi talabalari tomonidan 22-noyabr – Xalqaro psixologlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni institut psixologi M.Sulaymonov ochib berib, barcha ishtirokchilarni va mehmonlarni bayram bilan tabrikladi. Shundan so‘ng, kafedra mudiri T.Eshquvvatov so‘zga chiqib, psixologiya yo‘nalishi talabalari hamda tadbir qatnashchilariga o‘zining ezgu tilaklarini bildirdi.
Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan turli psixologik muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishlandi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish: