
Maktabgaça va boşlanğiç taʼlim kafedrasining 1- va 2-kurs psixologiya yönalişi talabalari tomonidan 22-noyabr – Xalqaro psixologlar kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi.
Tadbirni institut psixologi M.Sulaymonov oçib berib, barça iştirokçilarni va mehmonlarni bayram bilan tabrikladi. Şundan söng, kafedra mudiri T.Eşquvvatov sözga çiqib, psixologiya yönalişi talabalari hamda tadbir qatnaşçilariga özining ezgu tilaklarini bildirdi.
Tadbir davomida talaba-yoşlar tomonidan turli psixologik muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Şuningdek, sahna körinişlari namoyiş etildi hamda kuy-qöşiqlar ijro etilib, tadbirga kötarinki ruh bağişlandi.