Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“Kelajak soati” doirasida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha ma’rifat darslari o‘tkazildi

“Kelajak soati” doirasida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha ma’rifat darslari o‘tkazildi

24.11.2025 soat 15:36Davra suhbatlariMatbuot481 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Kelajak soati” rukni doirasida
“Biz bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida ma’rifat darslari o‘tkazildi
Tadbirlarning asosiy maqsadi – talabalarda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, uning turlari va oqibatlari bo‘yicha to‘g‘ri tasavvur hosil qilish, shuningdek, ijtimoiy mas’uliyatni oshirishdan iboratdir.
Professor-o‘qituvchilar talabalarga zo‘ravonlikning jismoniy, og‘zaki, ruhiy, kiber hamda kattalar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan boshqa shakllari haqida batafsil ma’lumot berib, o‘zini himoya qilish, yordam so‘rash, muammoli vaziyatda to‘g‘ri yo‘l tutish, o‘zaro hurmat va do‘stona muhitni shakllantirishga doir ma’ruza qildilar.
Mazkur ma’rifat darslari talabalarda bolalar huquqlarini himoya qilishga nisbatan ongli yondashuvni rivojlantirish, zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tadbir yakunida bolalarga nisbatan har qanday zo‘ravonlikka qarshi kurashish har bir fuqaroning burchi ekanligi ta’kidlandi.

Qo'shimcha rasmlar5

Ulashish: