
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida “Kelajak soati” rukni doirasida
“Biz bolalarga nisbatan zöravonlikka qarşimiz!” mavzusida maʼrifat darslari ötkazildi
Tadbirlarning asosiy maqsadi – talabalarda bolalarga nisbatan zöravonlikning oldini oliş, uning turlari va oqibatlari böyiça töğri tasavvur hosil qiliş, şuningdek, ijtimoiy masʼuliyatni oşirişdan iboratdir.
Professor-öqituvçilar talabalarga zöravonlikning jismoniy, oğzaki, ruhiy, kiber hamda kattalar tomonidan sodir etilişi mumkin bölgan boşqa şakllari haqida batafsil maʼlumot berib, özini himoya qiliş, yordam söraş, muammoli vaziyatda töğri yöl tutiş, özaro hurmat va döstona muhitni şakllantirişga doir maʼruza qildilar.
Mazkur maʼrifat darslari talabalarda bolalar huquqlarini himoya qilişga nisbatan ongli yondaşuvni rivojlantiriş, zöravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş hamda jamiyatda soğlom ijtimoiy muhitni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Tadbir yakunida bolalarga nisbatan har qanday zöravonlikka qarşi kuraşiş har bir fuqaroning burçi ekanligi taʼkidlandi.