Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida tanlov o‘tkazildi

“Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida tanlov o‘tkazildi

25.11.2025 soat 16:17Korrupsiyaga qarshi kurashishMatbuot541 daqiqada o'qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoni bilan tasdiqlangan davlat dasturining 19-bandi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 14-maydagi 01-23-104-son chora-tadbirlar rejasini ijro etish maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida tanlov tashkil etildi.
Mazkur tanlovda institutning I–II bosqich talabalaridan shakllantirilgan jamoalar ishtirok etdi.
Tanlov quyidagi to‘rtta shart asosida o‘tkazildi:
1. “Biz korrupsiyaga qarshimiz” – korrupsiya tushunchasi va uning salbiy oqibatlari bo‘yicha taqdimotlar;
2. “Sardorlar bellashuvi” – korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi tezkor savol-javoblar;
3. “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish” – manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi va uni oldini olish mexanizmlarini yoritish;
4. “Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi” – ichki nazorat tizimini tartibga soluvchi huquqiy munosabatlarni tahlil qilish.
Tanlov davomida talabalarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, huquqiy madaniyatini oshirish hamda ularni ochiqlik va halollik tamoyillariga sodiq bo‘lish ruhida tarbiyalash maqsadlari ko‘zda tutuldi.
Tadbir yakunida g‘olib jamoalar institut rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish: