
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoni bilan tasdiqlangan davlat dasturining 19-bandi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 14-maydagi 01-23-104-son çora-tadbirlar rejasini ijro etiş maqsadida Kattaqörğon davlat pedagogika institutida “Biz korrupsiyaga qarşimiz” şiori ostida tanlov taşkil etildi.
Mazkur tanlovda institutning I–II bosqiç talabalaridan şakllantirilgan jamoalar iştirok etdi.
Tanlov quyidagi törtta şart asosida ötkazildi:
1. “Biz korrupsiyaga qarşimiz” – korrupsiya tuşunçasi va uning salbiy oqibatlari böyiça taqdimotlar;
2. “Sardorlar bellaşuvi” – korrupsiyaga qarşi kuraşiş yönalişidagi tezkor savol-javoblar;
3. “Manfaatlar töqnaşuvini boşqariş” – manfaatlar töqnaşuvi tuşunçasi va uni oldini oliş mexanizmlarini yoritiş;
4. “Korrupsiyaga qarşi içki nazorat tizimi” – içki nazorat tizimini tartibga soluvçi huquqiy munosabatlarni tahlil qiliş.
Tanlov davomida talabalarning korrupsiyaga qarşi kuraşiş borasidagi bilim va könikmalarini mustahkamlaş, huquqiy madaniyatini oşiriş hamda ularni oçiqlik va halollik tamoyillariga sodiq böliş ruhida tarbiyalaş maqsadlari közda tutuldi.
Tadbir yakunida ğolib jamoalar institut rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.