Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

27.11.2025 soat 13:45Uchrashuvlar871 daqiqada o'qiladi

25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida bir qator ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 27-noyabr kuni Pedagogika fakulteti “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi G.Xalbayeva tomonidan Psixologiya yo‘nalishi 2-bosqich talabalari ishtirokida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” tadbirlari doirasida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida hozirgi kunda ayollar va voyaga yetmagan yigit-qizlarga nisbatan sodir etilayotgan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini oldini olish, bunday salbiy holatlarni barvaqt aniqlash va ularni bartaraf etishning samarali yo‘llari haqida talabalarga batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mavjud chora-tadbirlar, huquqiy asoslar hamda aholining ogohligini oshirishga qaratilgan profilaktik ishlar mazmuni yoritib o‘tildi.

Qo'shimcha rasmlar3

Ulashish: