
25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zöravonlikka barham beriş kuni munosabati bilan Kattaqörğon davlat pedagogika institutida “Biz zöravonlikka qarşimiz” şiori ostida bir qator maʼrifiy tadbirlar ötkazilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 27-noyabr kuni Pedagogika fakulteti “Maktabgaça va boşlanğiç taʼlim” kafedrasi öqituvçisi G.Xalbayeva tomonidan Psixologiya yönalişi 2-bosqiç talabalari iştirokida “Zöravonlikka qarşi 16 kun” tadbirlari doirasida “Biz zöravonlikka qarşimiz!” mavzusida davra suhbati taşkil etildi.
Tadbir davomida hozirgi kunda ayollar va voyaga yetmagan yigit-qizlarga nisbatan sodir etilayotgan tazyiq va zöravonlik holatlarini oldini oliş, bunday salbiy holatlarni barvaqt aniqlaş va ularni bartaraf etişning samarali yöllari haqida talabalarga batafsil tuşuntirişlar berildi. Şuningdek, mavjud çora-tadbirlar, huquqiy asoslar hamda aholining ogohligini oşirişga qaratilgan profilaktik işlar mazmuni yoritib ötildi.