Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“TALABALAR LIGASI” DOIRASIDA MINI-FUTBOL MUSOBAQALARI DAVOM ETMOQDA…

“TALABALAR LIGASI” DOIRASIDA MINI-FUTBOL MUSOBAQALARI DAVOM ETMOQDA…

29.11.2025 soat 11:04YangiliklarMatbuot441 daqiqada o'qiladi

Prezidentning “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2023-yil 7-apreldagi PQ-115-son qarori hamda 2025-yil 15-avgustdagi 1/15-421-Q/Q-sonli qo‘shma qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida mini-futbol sport turi bo‘yicha musobaqalar qizg‘in va yuqori raqobat ruhida o‘tkazilmoqda.
Mazkur musobaqalarda institutimizning barcha yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar faol ishtirok etib, o‘z jamoalarining g‘alaba qozonishi uchun bor kuch va mahoratlarini safarbar etmoqdalar.
Musobaqa doirasida quyidagi bosqich va tadbirlar tashkil etilgan:
– Guruh bosqichi o‘yinlari;
– Saralash uchrashuvlari;
– Yarim final va final bellashuvlari;
– “Eng yaxshi o‘yinchi”, “Eng yaxshi darvozabon” kabi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlash marosimi.
Ushbu musobaqalar yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, ommaviy sportni rivojlantirish, shuningdek, talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat va do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Qo'shimcha rasmlar3

Ulashish: