Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

“Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

28.11.2025 soat 21:19Davra suhbatlariMatbuot551 daqiqada o'qiladi

“Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-fevraldagi PQ-46-son qarorining 12-b) bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari, guruh murabbiylari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilangan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, shuningdek, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan davlat dasturlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ma’ruzachilar Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida inson qadri, uning huquq va erkinliklari birinchi o‘ringa qo‘yilgani, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularda huquqiy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanini ta’kidlab o‘tishdi. Tadbir davomida talabalarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan taqdimotlar, mavzuga oid interaktiv savol-javoblar ham o‘tkazildi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv “Huquqiy savodxonlik oyligi”ning samaradorligini oshirish, yoshlar ongida inson huquqlari madaniyatini mustahkamlashga xizmat qildi.

Qo'shimcha rasmlar3

Ulashish: