Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchilar uchun seminar-trening o‘tkazildi

“Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchilar uchun seminar-trening o‘tkazildi

01.12.2025 soat 16:49SeminarlarMatbuot521 daqiqada o'qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61-son qarorida yoshlarning bandligini ta’minlash, bitiruvchilarning mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish hamda xususiy sektor va tijorat banklari ishtirokida kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan.
Ushbu qaror ijrosi doirasida Kattaqo‘rg‘on shahri mahallalaridagi ishsiz yoshlar hamda institutimizning bitiruvchi talabalari uchun seminar-trening tashkil etildi. Tadbirni Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov ochib berdi.
Seminarda O‘zmilliybank AJ Samarqand viloyati bosh boshqarmasi “Kelajakka qadam” markazi menedjeri Shermuhammad G‘aniyev hamda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Azad Abbasov ishtirok etib, markaz faoliyati, dastur imkoniyatlari va bitiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturi orqali o‘tgan yili muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirib, barqaror daromadga ega bo‘lgan institutimiz bitiruvchilari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Ular dastur yoshlar uchun yaratayotgan amaliy imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va natijalarning samaradorligini ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir ishtirokchilari mazkur tashabbus bitiruvchilarning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirib borishi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilishini qayd etdilar.

Qo'shimcha rasmlar6

Ulashish: