
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy taʼlim taşkilotlari bitiruvçilarining işga joylaşişiga kömaklaşiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-61-son qarorida yoşlarning bandligini taʼminlaş, bitiruvçilarning mehnat bozoriga integratsiyasini kuçaytiriş hamda xususiy sektor va tijorat banklari iştirokida kadrlar tayyorlaş jarayonini takomillaştiriş böyiça muhim vazifalar belgilab berilgan.
Uşbu qaror ijrosi doirasida Kattaqörğon şahri mahallalaridagi işsiz yoşlar hamda institutimizning bitiruvçi talabalari uçun seminar-trening taşkil etildi. Tadbirni Kattaqörğon davlat pedagogika instituti rektori Şerzod Urakov oçib berdi.
Seminarda Özmilliybank AJ Samarqand viloyati boş boşqarmasi “Kelajakka qadam” markazi menedjeri Şermuhammad Ğaniyev hamda boşqarma boşliği örinbosari Azad Abbasov iştirok etib, markaz faoliyati, dastur imkoniyatlari va bitiruvçilarni qöllab-quvvatlaş mexanizmlari haqida batafsil maʼlumot berdi.
Şuningdek, “Kelajakka qadam” dasturi orqali ötgan yili muvaffaqiyatli loyihalar amalga oşirib, barqaror daromadga ega bölgan institutimiz bitiruvçilari öz tajribalari bilan örtoqlaşdi. Ular dastur yoşlar uçun yaratayotgan amaliy imkoniyatlar, qöllab-quvvatlaş mexanizmlari va natijalarning samaradorligini taʼkidlab ötdi.
Tadbir iştirokçilari mazkur taşabbus bitiruvçilarning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirib borişi uçun muhim omil bölib xizmat qilişini qayd etdilar.