Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

TALABALAR UCHUN KONSTITUTSIYANI O‘RGANISHGA BAG‘ISHLANGAN DARSLAR O‘TKAZILDI

TALABALAR UCHUN KONSTITUTSIYANI O‘RGANISHGA BAG‘ISHLANGAN DARSLAR O‘TKAZILDI

02.12.2025 soat 14:50Davra suhbatlariMatbuot1081 daqiqada o'qiladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 26-noyabrdagi 05/61-60-42-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari ishtirokida “Konstitutsiyani o‘rganamiz” hamda “Konstitutsiya – adolat tantanasi” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Bektosh Mamatov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, uning yaratilish tarixi, davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, yoshlarning konstitutsiyaviy bilimlarini mustahkamlash, huquqiy madaniyatini oshirishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Davra suhbati talabalar uchun mazmunan boy va qiziqarli tarzda o‘tdi. Tadbir yakunida ishtirokchilarning savollariga javob berildi hamda Konstitutsiyaning asosiy tamoyillariga oid muhokamalar tashkil qilindi.

Qo'shimcha rasmlar6

Ulashish: