Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“MEN GIYOHVANDLIKKA QARSHIMAN” RASMLAR TANLOVI O‘TKAZILDI

“MEN GIYOHVANDLIKKA QARSHIMAN” RASMLAR TANLOVI O‘TKAZILDI

02.12.2025 soat 16:32YangiliklarMatbuot19041 daqiqada o'qiladi

Talabalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda ularni giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida chuqurroq ma’lumotga ega qilish maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Men giyohvandlikka qarshiman” nomli rasmlar tanlovi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda institutning turli yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalari faol ishtirok etib, giyohvandlikning jamiyat, oila va inson salomatligiga yetkazadigan zararli ta’sir va xavf-xatarlarini badiiy ifoda orqali namoyish etdilar. Tanlovga taqdim etilgan asarlar mazmuni boyligi, ijodkorlik darajasi va ijtimoiy ahamiyati bilan ajralib turdi.
Tadbir yakunida eng yaxshi deb topilgan asarlar e’tirof etilib, mualliflar institut rahbariyati tomonidan taqdirlandilar. Ushbu tanlov yoshlarni sog‘lom va ongli hayotga chorlab, ularni turli zararli odatlardan himoya qilish borasida muhim ahamiyat kasb etdi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish: