Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Institutda “Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanish” mavzusida maxsus kurs darslari o‘tkazildi

Institutda “Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanish” mavzusida maxsus kurs darslari o‘tkazildi

06.12.2025 soat 15:33YangiliklarMatbuot31

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida barcha ta’lim yo‘nalishlarida “Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanish, tinchlik va Islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi” maxsus kursi darslari o‘tkazildi.
Mazkur darslar doirasida professor-o‘qituvchilar talabalarga Yangi O‘zbekistonda barqaror rivojlanish jarayonlari, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek Islom ma’rifatining xalqaro maydondagi o‘rni va e’tirofi haqida batafsil ma’lumotlar yetkazdilar.
Ushbu ma’ruzalar talabalarning Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar mohiyatini, barqaror taraqqiyot tamoyillarini hamda ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarning bugungi kundagi ahamiyatini chuqur anglab olishlariga xizmat qildi.

Qo'shimcha rasmlar8

Ulashish: