Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Uslubiy qo‘llanma: “Biokimyo fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari”

Uslubiy qo‘llanma: “Biokimyo fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari”

09.12.2025 soat 09:59YangiliklarMatbuot411 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi assistenti U.Bozorovaning “Biokimyo fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari” nomli uslubiy qo‘llanmasi nashr etildi.
Mazkur uslubiy qo‘llanma biokimyo fanining nazariy asoslarini chuqur o‘zlashtirish, laboratoriya mashg‘ulotlarida bajariladigan amaliy ishlarni izchil va aniq tartibda o‘rgatish, shuningdek, talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Qo‘llanmada har bir laboratoriya mashg‘uloti bo‘yicha batafsil yo‘riqnomalar, tajribalarni bajarish ketma-ketligi, zarur jihozlar ro‘yxati hamda xavfsizlik qoidalari tizimli ravishda bayon etilgan.
Yaratilgan qo‘llanma nafaqat talabalarga, balki yosh o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va biokimyo sohasi bilan qiziqadigan mutaxassislar uchun ham muhim o‘quv-metodik manba bo‘lib xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasmlar1

Ulashish: