Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Talabalar o‘rtasida shaxsiy gigiyenani targ‘ib etish ishlari kuchaytirilmoqda

Talabalar o‘rtasida shaxsiy gigiyenani targ‘ib etish ishlari kuchaytirilmoqda

22.12.2025 soat 14:58Davra suhbatlariMatbuot511 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 1-maydagi topshirig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturining 9-bandi ijrosi doirasida “Toza qo‘llar - salomatlik garovi” mavzusida qator tadbirlar o‘tkazildi.
Mazkur dastur ijrosini ta’minlash maqsadida institutda talabalar ishtirokida sog‘lom muhitni shakllantirish, gigiyena madaniyatini oshirish, shaxsiy gigiyena odatlarini shakllantirish va ularga rioya etish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati hamda chellenj tashkil etildi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan shaxsiy gigiyenaga rioya qilishning ahamiyati, yuqumli kasalliklarning oldini olishda toza qo‘llarning o‘rni, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, talabalar o‘rtasida gigiyena madaniyatini mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Qo'shimcha rasmlar1

Ulashish: