
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 1-maydagi topşiriği hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Özbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asraş va “yaşil iqtisodiyot” yilida amalga oşirişga oid Davlat dasturining 9-bandi ijrosi doirasida “Toza qöllar - salomatlik garovi” mavzusida qator tadbirlar ötkazildi.
Mazkur dastur ijrosini taʼminlaş maqsadida institutda talabalar iştirokida soğlom muhitni şakllantiriş, gigiyena madaniyatini oşiriş, şaxsiy gigiyena odatlarini şakllantiriş va ularga rioya etiş masalalariga bağişlangan davra suhbati hamda çellenj taşkil etildi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan şaxsiy gigiyenaga rioya qilişning ahamiyati, yuqumli kasalliklarning oldini olişda toza qöllarning örni, soğlom turmuş tarzini şakllantiriş böyiça tuşunçalar berildi. Şuningdek, talabalar örtasida gigiyena madaniyatini mustahkamlaşga qaratilgan tarğibot işlari olib borildi.