Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Ilm va ma’rifatga baxshida umr: Qo‘chqor Tursunov 80 yoshda

Ilm va ma’rifatga baxshida umr: Qo‘chqor Tursunov 80 yoshda

25.12.2025 soat 17:46YangiliklarMatbuot291 daqiqada o'qiladi

Ba’zi insonlar borki, ularning bosib o‘tgan hayot yo‘li, ilmiy va pedagogik faoliyati jamiyat xotirasida, shogirdlari qalbida chuqur iz qoldiradi. Ana shunday fidoyi ustozlardan biri – fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Qo‘chqor Tursunovdir.
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi, ko‘p yillik samarali mehnati bilan ta’lim tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Q.Tursunovning 80 yillik yubileyi munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda institut rahbariyati va jamoasi, professor-o‘qituvchilar, talabalar, ustozning oila a’zolari, yaqinlari hamda do‘stlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov so‘zga chiqib, Q.Tursunovning ilm-fan va ta’lim sohasidagi samarali faoliyati, yosh avlodni tarbiyalashdagi xizmatlarini alohida e’tirof etdi hamda yubiley munosabati bilan samimiy tabriklarini yo‘lladi. Shuningdek, ustozning yaqinlari va hamkasblari ham o‘z ezgu tilaklarini bildirdilar.
Tantanali tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, kuy-qo‘shiqlar bilan yakunlandi.

Qo'shimcha rasmlar7

Ulashish: