
Baʼzi insonlar borki, ularning bosib ötgan hayot yöli, ilmiy va pedagogik faoliyati jamiyat xotirasida, şogirdlari qalbida çuqur iz qoldiradi. Ana şunday fidoyi ustozlardan biri – fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Qöçqor Tursunovdir.
Kattaqörğon davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Maktabgaça va boşlanğiç taʼlim kafedrasi öqituvçisi, köp yillik samarali mehnati bilan taʼlim tizimi rivojiga munosib hissa qöşib kelayotgan Q.Tursunovning 80 yillik yubileyi munosabati bilan tantanali tadbir taşkil etildi.
Mazkur tadbirda institut rahbariyati va jamoasi, professor-öqituvçilar, talabalar, ustozning oila aʼzolari, yaqinlari hamda döstlari iştirok etdilar.
Tadbir davomida Kattaqörğon davlat pedagogika instituti rektori Şerzod Urakov sözga çiqib, Q.Tursunovning ilm-fan va taʼlim sohasidagi samarali faoliyati, yoş avlodni tarbiyalaşdagi xizmatlarini alohida eʼtirof etdi hamda yubiley munosabati bilan samimiy tabriklarini yölladi. Şuningdek, ustozning yaqinlari va hamkasblari ham öz ezgu tilaklarini bildirdilar.
Tantanali tadbir kötarinki ruhda ötib, kuy-qöşiqlar bilan yakunlandi.