Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Qishki ta’tilda talabalar o‘rtasida “Tafakkur sinovi” onlayn bellashuvi o‘tkazildi

Qishki ta’tilda talabalar o‘rtasida “Tafakkur sinovi” onlayn bellashuvi o‘tkazildi

08.01.2026 soat 09:56YangiliklarMatbuot27

O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari Ruxsora Usmonova hamda Bektosh Mamatov tomonidan talabalarning qishki ta’til davrini mazmunli tashkil etish maqsadida onlayn tanlovlar o‘tkazildi.
Jumladan, kecha tarix yo‘nalishining 1-bosqich talabalari o‘rtasida talabalarning tarixiy bilimlari hamda mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan “Tafakkur sinovi” mantiqiy savollar bellashuvi onlayn Zoom platformasi orqali tashkil etildi.
Bellashuv yakunlariga ko‘ra:
– 1-o‘rin T_25_11-guruh talabasi Abdumuminova Laylo,
– 2-o‘rin T_25_11-guruh talabasi Xudoyberdiyev Faxriddin,
– 3-o‘rin TK_25_04-guruh talabasi Mamanazarov Sardor tomonidan qo‘lga kiritildi.

Qo'shimcha rasmlar3

Ulashish: