Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Hurmatli prokuratura organlari xodimlari!

Hurmatli prokuratura organlari xodimlari!

08.01.2026 soat 13:16YangiliklarMatbuot421 daqiqada o'qiladi

Sizlarni 8-yanvar – Prokuratura xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman. Qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek tadbirkorlar huquqlarini ishonchli himoya qilishdagi xizmatlaringiz yurtimizda adolat va ishonchni mustahkamlashga katta hissa qo‘shmoqda.
Bugun prokuratura organlari nafaqat nazoratchi, balki qonunbuzarliklarning oldini oluvchi, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltiruvchi, tadbirkorlik muhitini qo‘llab-quvvatlovchi muhim tizim sifatida faoliyat yuritmoqda. Sizlarning mas’uliyatli xizmatlaringiz yurtimiz tinchligi va barqaror taraqqiyotining asosiy kafolatlaridan biridir.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik va kasbiy faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilayman.
Sherzod Urakov,
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori.

Ulashish: