Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“Kelajakka qadam” dasturi doirasida seminar-trening tashkil etildi

“Kelajakka qadam” dasturi doirasida seminar-trening tashkil etildi

12.01.2026 soat 18:47SeminarlarMatbuot261 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida bitiruvchilarning bandligini ta’minlash va ularning biznes g‘oyalarini tadbirkorlik loyihalari sifatida shakllantirish maqsadida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida seminar-trening o‘tkazildi.
Seminarda O‘zmilliybank AJ Samarqand viloyat boshqarmasi va “Kelajakka qadam” markazi menejerlari Shermuhammad G‘aniyev va Temurjon Tirkashev ishtirok etib, bitiruvchi bosqich talabalari hamda oliy ta’lim muassasasini tamomlaganiga 3 yildan oshmagan bitiruvchilar uchun tijorat banklari tomonidan biznes g‘oyani tayyor loyihagacha olib borish jarayonida to‘liq hamrohlik ko‘rsatish, shuningdek qulay shartlarda moliyalashtirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berishdi.
Shuningdek, seminarda bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar o‘tkazish va g‘oliblarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish mexanizmlari, individual kasbiy ta’lim dasturlari doirasida ishlab chiqarish ob’ektlarida amaliyot o‘tash va chet ellardagi oliy ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli o‘quv kurslarida qatnashish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Seminar-trening ishtirokchilari uchun ushbu tadbir o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish va professional ko‘nikmalarini oshirish borasida muhim qadam bo‘ldi.

Qo'shimcha rasmlar6

Ulashish: