
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida bitiruvçilarning bandligini taʼminlaş va ularning biznes ğoyalarini tadbirkorlik loyihalari sifatida şakllantiriş maqsadida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida seminar-trening ötkazildi.
Seminarda Özmilliybank AJ Samarqand viloyat boşqarmasi va “Kelajakka qadam” markazi menejerlari Şermuhammad Ğaniyev va Temurjon Tirkaşev iştirok etib, bitiruvçi bosqiç talabalari hamda oliy taʼlim muassasasini tamomlaganiga 3 yildan oşmagan bitiruvçilar uçun tijorat banklari tomonidan biznes ğoyani tayyor loyihagaça olib boriş jarayonida töliq hamrohlik körsatiş, şuningdek qulay şartlarda moliyalaştiriş imkoniyatlari haqida maʼlumot berişdi.
Şuningdek, seminarda bitiruvçi bosqiç talabalari örtasida sohalar böyiça oçiq tanlovlar ötkaziş va ğoliblarni iş bilan taʼminlaşga kömaklaşiş mexanizmlari, individual kasbiy taʼlim dasturlari doirasida işlab çiqariş obʼektlarida amaliyot ötaş va çet ellardagi oliy taʼlim taşkilotlarida qisqa muddatli öquv kurslarida qatnaşiş imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Seminar-trening iştirokçilari uçun uşbu tadbir öz biznes ğoyalarini amalga oşiriş va professional könikmalarini oşiriş borasida muhim qadam böldi.