Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Institutda Vatan himoyachilari bayramona kutib olindi

Institutda Vatan himoyachilari bayramona kutib olindi

14.01.2026 soat 14:31YangiliklarMatbuot101 daqiqada o'qiladi

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida institut boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan bayramona kutib olish tadbiri tashkil etildi.
Mazkur sana munosabati bilan erta tongdan institut hududida professor-o‘qituvchilar hamda talaba yigitlar tantanali va samimiy ruhda kutib olindi. Boshlang‘ich tashkilot faollari tomonidan institut jamoasi vakillariga ezgu tilaklar bildirilib, ularning fidokorona mehnati, ilm-fan va yoshlar tarbiyasidagi samarali faoliyati alohida e’tirof etildi.
Bayram tabriklari orqali yurtimiz tinchligi, osoyishtaligi va ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilib kelayotgan, Vatanga sadoqat, jasorat va mas’uliyat timsoli bo‘lgan professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba yigitlarga chuqur hurmat va ehtirom ifoda etildi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish: