
14-yanvar – Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan Kattaqörğon davlat pedagogika institutida institut boşlanğiç taşkiloti taşabbusi bilan bayramona kutib oliş tadbiri taşkil etildi.
Mazkur sana munosabati bilan erta tongdan institut hududida professor-öqituvçilar hamda talaba yigitlar tantanali va samimiy ruhda kutib olindi. Boşlanğiç taşkilot faollari tomonidan institut jamoasi vakillariga ezgu tilaklar bildirilib, ularning fidokorona mehnati, ilm-fan va yoşlar tarbiyasidagi samarali faoliyati alohida eʼtirof etildi.
Bayram tabriklari orqali yurtimiz tinçligi, osoyiştaligi va ravnaqi yölida sidqidildan xizmat qilib kelayotgan, Vatanga sadoqat, jasorat va masʼuliyat timsoli bölgan professor-öqituvçilar, xodimlar hamda talaba yigitlarga çuqur hurmat va ehtirom ifoda etildi.