Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

VATAN – ULUG‘, BURCH – MUQADDAS!

VATAN – ULUG‘, BURCH – MUQADDAS!

17.01.2026 soat 11:46YangiliklarMatbuot221 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti dekan o‘rinbosarlari, yo‘nalish tyutorlari va mas’ullari Vatan tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xotirasini abadiylashtirish, ularning jasoratini keng targ‘ib etish maqsadida “Vatan – ulug‘, burch – muqaddas!” shiori ostida Kattaqo‘rg‘on shahrida istiqomat qiluvchi Samadovlar oilasiga tashrif buyurdi.
Samadovlar oilasi insonparvarlik va vatanparvarlikning yuksak namunasi sifatida e’tirof etiladi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Samad ota va Mang‘it ona uch nafar o‘g‘illarini, jumladan Hamit Samatovni Vatan himoyasi yo‘lida frontga kuzatganlar.
Hamit Samatov urush yillarida mardonavor jasorat ko‘rsatgan. Urushdan keyingi yillarda esa turli millat vakillaridan bo‘lgan, qarovsiz qolgan bolalarni farzandlikka olib, ularga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan hamda ta’lim-tarbiya bergan. Ushbu oilada jami 22 nafar farzand voyaga yetkazilgan.

Qo'shimcha rasmlar5

Ulashish: