
Kattaqörğon davlat pedagogika instituti dekan örinbosarlari, yönaliş tyutorlari va masʼullari Vatan tinçligi yölida halok bölgan harbiy xizmatçilar hamda huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining xotirasini abadiylaştiriş, ularning jasoratini keng tarğib etiş maqsadida “Vatan – uluğ, burç – muqaddas!” şiori ostida Kattaqörğon şahrida istiqomat qiluvçi Samadovlar oilasiga taşrif buyurdi.
Samadovlar oilasi insonparvarlik va vatanparvarlikning yuksak namunasi sifatida eʼtirof etiladi. Ikkinçi jahon uruşi yillarida Samad ota va Manğit ona uç nafar öğillarini, jumladan Hamit Samatovni Vatan himoyasi yölida frontga kuzatganlar.
Hamit Samatov uruş yillarida mardonavor jasorat körsatgan. Uruşdan keyingi yillarda esa turli millat vakillaridan bölgan, qarovsiz qolgan bolalarni farzandlikka olib, ularga mehr va ğamxörlik körsatgan hamda taʼlim-tarbiya bergan. Uşbu oilada jami 22 nafar farzand voyaga yetkazilgan.