Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti vakillari talabalar bilan uchrashdi

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti vakillari talabalar bilan uchrashdi

20.01.2026 soat 16:36YangiliklarMatbuot401 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti faoliyati bo‘yicha ma’lumot berish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda podpolkovnik A.Shafeyev hamda Kattaqo‘rg‘on shahar Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Hamro Roximov talabalar bilan muloqot qildilar.
Uchrashuv davomida institutning tashkil etilish tarixi, mavjud fakultet va kafedralar, ta’lim yo‘nalishlari hamda o‘quv jarayoni haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalar institutda yaratilgan shart-sharoitlar, harbiy-intellektual tayyorgarlik tizimi va institutning asosiy vazifalari bilan tanishtirildi.
Mazkur tadbir talabalar va ilmiy-pedagogik jamoa uchun qiziqarli va foydali bo‘ldi, o‘quv jarayoniga bo‘lgan qiziqish va motivatsiyani yanada oshirishga xizmat qildi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish: