Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Yoshlar o‘rtasida ma’naviy-axloqiy tarbiyani kuchaytirishga qaratilgan profilaktik tadbir

Yoshlar o‘rtasida ma’naviy-axloqiy tarbiyani kuchaytirishga qaratilgan profilaktik tadbir

29.01.2026 soat 18:43YangiliklarMatbuot231 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talaba qizlar o‘rtasida zararli odatlar va nosog‘lom xulq-atvorning oldini olish, ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan profilaktik davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Shokirova, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekan maslahatchisi N.Ibragimova, Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti dekan maslahatchisi N.Jalilova, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha psixolog G.Inatullayeva hamda profilaktika inspektori X.Xaydarov ishtirok etib, talaba qizlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordilar.
Davra suhbati davomida yoshlar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan zararli odatlar, ularning salbiy oqibatlari, nosog‘lom xulq-atvorning shaxs va jamiyat hayotiga ta’siri hamda bunday holatlarning oldini olishda oila, ta’lim muassasasi va jamiyatning o‘rni haqida fikr almashildi. Shuningdek, talaba qizlarga huquqiy savodxonlikni oshirish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, bunday profilaktik uchrashuvlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Qo'shimcha rasmlar5

Ulashish: