
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida talaba qizlar örtasida zararli odatlar va nosoğlom xulq-atvorning oldini oliş, ularning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasini mustahkamlaş hamda soğlom turmuş tarzini tarğib etişga qaratilgan profilaktik davra suhbati taşkil etildi.
Mazkur tadbirda Xotin-qizlar masalalari böyiça rektor maslahatçisi G.Şokirova, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekan maslahatçisi N.Ibragimova, Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti dekan maslahatçisi N.Jalilova, xotin-qizlar masalalari böyiça psixolog G.Inatullayeva hamda profilaktika inspektori X.Xaydarov iştirok etib, talaba qizlar bilan oçiq va samimiy muloqot olib bordilar.
Davra suhbati davomida yoşlar orasida uçraşi mumkin bölgan zararli odatlar, ularning salbiy oqibatlari, nosoğlom xulq-atvorning şaxs va jamiyat hayotiga taʼsiri hamda bunday holatlarning oldini olişda oila, taʼlim muassasasi va jamiyatning örni haqida fikr almaşildi. Şuningdek, talaba qizlarga huquqiy savodxonlikni oşiriş, soğlom turmuş tarziga amal qiliş, böş vaqtni mazmunli taşkil etiş va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalaniş böyiça amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida iştirokçilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, bunday profilaktik uçraşuvlarning ahamiyati alohida taʼkidlandi.