Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Pedagogika fakultetida ilmiy salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi

Pedagogika fakultetida ilmiy salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi

13.02.2026 soat 15:20Yig'ilishlarMatbuot481 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S.Elmonov hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori F.Sirojiddinov Pedagogika fakultetida professor-o‘qituvchilar bilan institutning o‘quv-uslubiy va ilmiy sohalarini rivojlantirishga doir yig‘ilish o‘tkazdilar.
Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi: bitiruvchilarni ishga joylashtirish, Hemis platformasiga kompleks-test bazasini kiritish, shaxsiy ish reja asosida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va har bir pedagogning ish faoliyatini samarali tashkil etish, chet tilini o‘rganish, umumta’lim maktablarida targ‘ibot ishlarini olib borish, fakultetda ilmiy salohiyatni oshirish, Scopus bazasiga ilmiy maqola tayyorlash va joylashtirish tartibi, xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish imkoniyatlari, h-indeks kabi muhim ko‘rsatkichlar.
Shuningdek, muhokama qilingan masalalar bo‘yicha asosiy vazifalar tahlil qilindi va ularning bajarilishi kerak bo‘lgan yo‘nalishlari belgilab olindi.

Qo'shimcha rasmlar5

Ulashish: