
Kattaqörğon davlat pedagogika institutining Öquv işlari böyiça prorektori S.Elmonov hamda Ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori F.Sirojiddinov Pedagogika fakultetida professor-öqituvçilar bilan institutning öquv-uslubiy va ilmiy sohalarini rivojlantirişga doir yiğiliş ötkazdilar.
Yiğiliş davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi: bitiruvçilarni işga joylaştiriş, Hemis platformasiga kompleks-test bazasini kiritiş, şaxsiy iş reja asosida çora-tadbirlar rejasini işlab çiqiş va har bir pedagogning iş faoliyatini samarali taşkil etiş, çet tilini örganiş, umumtaʼlim maktablarida tarğibot işlarini olib boriş, fakultetda ilmiy salohiyatni oşiriş, Scopus bazasiga ilmiy maqola tayyorlaş va joylaştiriş tartibi, xorijiy mamlakatlarda malaka oşiriş imkoniyatlari, h-indeks kabi muhim körsatkiçlar.
Şuningdek, muhokama qilingan masalalar böyiça asosiy vazifalar tahlil qilindi va ularning bajarilişi kerak bölgan yönalişlari belgilab olindi.