Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Bitiruvchilarni oliy ta’limga jalb etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

Bitiruvchilarni oliy ta’limga jalb etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

13.02.2026 soat 18:26TashriflarMatbuot191 daqiqada o'qiladi

Bitiruvchi sinf o‘quvchilarining oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari I.Butoyev, N.Jalilova, S.Axmedov hamda D.Tursunmurodovalar tomonidan Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 53- va 55-sonli umumta’lim maktablari, Ishtixon tumanidagi 1- va 8-sonli umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv davomida o‘quvchilarga institutda yaratilgan zamonaviy ta’lim imkoniyatlari, mavjud qulay shart-sharoitlar, innovatsion yondashuvlar hamda istiqbolli ta’lim yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir ochiq muloqot va savol-javoblar ruhida o‘tkazilib, yoshlarning oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni kelajakdagi kasbiy tanlovga ongli yondashishga undashga xizmat qildi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish: