
Bitiruvçi sinf öquvçilarining oliy taʼlim bilan qamrov darajasini oşiriş maqsadida Kattaqörğon davlat pedagogika instituti Özbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi professor-öqituvçilari I.Butoyev, N.Jalilova, S.Axmedov hamda D.Tursunmurodovalar tomonidan Kattaqörğon tumanidagi 53- va 55-sonli umumtaʼlim maktablari, Iştixon tumanidagi 1- va 8-sonli umumtaʼlim maktablarining bitiruvçi sinf öquvçilari bilan uçraşuv taşkil etildi.
Mazkur uçraşuv davomida öquvçilarga institutda yaratilgan zamonaviy taʼlim imkoniyatlari, mavjud qulay şart-şaroitlar, innovatsion yondaşuvlar hamda istiqbolli taʼlim yönalişlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Tadbir oçiq muloqot va savol-javoblar ruhida ötkazilib, yoşlarning oliy taʼlimga bölgan qiziqişini yanada oşiriş, ularni kelajakdagi kasbiy tanlovga ongli yondaşişga undaşga xizmat qildi.