Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Ma’rifat – jaholatga qarshi eng samarali vosita

Ma’rifat – jaholatga qarshi eng samarali vosita

16.02.2026 soat 12:50YangiliklarMatbuot171 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir talaba-yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash hamda diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari haqida keng tushuncha berish maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuvda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Kattaqo‘rg‘on shahar bosh mutaxassisi B.Qodirov ishtirok etib, talabalarga “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” tamoyilining mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’ruza qildi. Ma’ruzada milliy va diniy qadriyatlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, yoshlarni turli buzg‘unchi g‘oyalardan himoya qilishda ma’rifatning ahamiyati, shuningdek, sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan batafsil javob oldilar. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga sadoqat va ogohlik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish: