
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tuşunaman” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy uçraşuv bölib ötdi.
Mazkur tadbir talaba-yoşlarni yot ğoyalar taʼsiridan asraş hamda diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari haqida keng tuşunça beriş maqsadida taşkil etildi.
Uçraşuvda Din işlari böyiça qömitaning Kattaqörğon şahar boş mutaxassisi B.Qodirov iştirok etib, talabalarga “Jaholatga qarşi maʼrifat bilan kuraşiş” tamoyilining mazmun-mohiyati haqida atrofliça maʼruza qildi. Maʼruzada milliy va diniy qadriyatlarning jamiyat hayotidagi örni, yoşlarni turli buzğunçi ğoyalardan himoya qilişda maʼrifatning ahamiyati, şuningdek, soğlom dunyoqaraşni şakllantiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir davomida talabalar özlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan batafsil javob oldilar. Uçraşuv oçiq muloqot tarzida ötib, yoşlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga sadoqat va ogohlik ruhida tarbiyalaşga xizmat qildi.