Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Rektor professor-o‘qituvchilarga topshiriq berdi

Rektor professor-o‘qituvchilarga topshiriq berdi

26.02.2026 soat 09:59YangiliklarMatbuot201 daqiqada o'qiladi

Rektor professor-o‘qituvchilarga davlat rahbari tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan topshiriq berdi
Ko‘ksaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqotida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida yig‘ilish o‘tkazildi.
Mazkur yig‘ilish institut rektori Sherzod Urakov rahbarligida professor-o‘qituvchilar ishtirokida tashkil etilib, unda talabalarni sport turlariga keng jalb etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish hamda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, ularni mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh va malakali mutaxassislar etib tayyorlash dolzarb vazifa sifatida qayd etildi. Yig‘ilish davomida yoshlarni xorijiy tillar va zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, ularning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ayniqsa, talabalarning innovatsion loyiha va startaplarini rag‘batlantirish, ularni moliyaviy hamda tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar ajratish orqali yoshlarni daromadli faoliyatga yo‘naltirish zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida rektor mas’ul shaxslar oldiga amaliy natija beradigan tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish, yoshlarning intellektual va kasbiy salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi.

Qo'shimcha rasmlar1

Ulashish: