
Rektor professor-öqituvçilarga davlat rahbari tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş yuzasidan topşiriq berdi
Köksaroy qarorgohida Şavkat Mirziyoyevning yoşlar bilan ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça imkoniyatlarga bağişlangan muloqotida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida Kattaqörğon davlat pedagogika institutida yiğiliş ötkazildi.
Mazkur yiğiliş institut rektori Şerzod Urakov rahbarligida professor-öqituvçilar iştirokida taşkil etilib, unda talabalarni sport turlariga keng jalb etiş, maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligini oşiriş, yoşlarning dunyoqaraşini kengaytiriş hamda vatanparvarlik ruhini mustahkamlaş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Şuningdek, bitiruvçilarni iş bilan taʼminlaş, ularni mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardoş va malakali mutaxassislar etib tayyorlaş dolzarb vazifa sifatida qayd etildi. Yiğiliş davomida yoşlarni xorijiy tillar va zamonaviy kasb-hunarlarga öqitiş, ularning sport bilan muntazam şuğullanişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş, ilğor ğoya va taşabbuslarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Ayniqsa, talabalarning innovatsion loyiha va startaplarini rağbatlantiriş, ularni moliyaviy hamda taşkiliy jihatdan qöllab-quvvatlaş, imtiyozli kreditlar ajratiş orqali yoşlarni daromadli faoliyatga yönaltiriş zarurligi taʼkidlandi.
Yiğiliş yakunida rektor masʼul şaxslar oldiga amaliy natija beradigan tizimli işlarni yölga qöyiş, yoşlarning intellektual va kasbiy salohiyatini yuksaltiriş böyiça aniq çora-tadbirlar rejasini işlab çiqiş vazifasini qöydi.