Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча
Mini-futbol bo‘yicha “Talabalar ligasi” final bosqichi murosasiz va qiziqarli bellashuvlarga boy bo‘ldi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari doirasida mini-futbol bo‘yicha institut bosqichining final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Musobaqa jarayonlari murosasiz va qiziqarli tarzda kechib, talabalar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqish, jamoaviylik va sog‘lom raqobat muhitini yanada mustahkamladi.
Final uchrashuvlarida jamoalar o‘z mahorati, chaqqonligi va jamoaviy o‘yin orqali g‘alaba uchun kurash olib bordilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin – Jismoniy madaniyat yo‘nalishining “Kattaqo‘rg‘on yoshlar” jamoasi;
2-o‘rin – Jismoniy madaniyat yo‘nalishining “Do‘stlik” jamoasi;
3-o‘rin – TTJning “To‘ron” jamoasi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.












