Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

YOSHLAR – GIYOHVANDLIKKA QARSHI

YOSHLAR – GIYOHVANDLIKKA QARSHI

14.03.2026 soat 14:11YangiliklarMatbuot231 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshi!” mavzusida “Eng yaxshi insholar” tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlov yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik illatining salbiy oqibatlari haqida keng tushuncha berish hamda talabalarning ijodiy fikrlash va yozma nutq madaniyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
Fakultetlar bosqichida saralangan ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkazilgan yakuniy baholash natijalariga ko‘ra quyidagi talabalar g‘olib deb topildi:
1-o‘rin — O‘T 23-08 guruh talabasi Nodirova Aziza
2-o‘rin — O‘T 23-08 guruh talabasi Zayniddinova Sevinch
3-o‘rin — BT 25-04 guruh talabasi Abduholiqova Sevara
Tanlov yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Ulashish: